Toshkentda avtobuslar harakatini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus mashinalar topshirildi. Ular avtobus haydovchilarining tartibli ishlashini va mashinalarning avtobus yo`laklariga chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda harakatga to`sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi.
Ma`lum qilinishicha, «Toshshahartransxizmat» AJning 8 ta avtobus saroyi filialida «Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo`limi» tashkil etilgan. Mazkur bo`linma yo`lovchilarga ko`rsatilyotgan jamoat transporti xizmati sifatini oshirish hamda avtobus haydovchilarining belgilangan tartib asosida faoliyat yuritishini nazorat qiladi.
Bugun harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga o`z xizmat faoliyatini tezkor va xavfsiz olib borishi, avtobuslar harakatini nazorat qilishi hamda jamoat transporti harakatiga to`sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish choralarini ko`rish uchun maxsus mayoqchali xizmat avtomashinalari, nur qaytaruvchi nimcha, favqulodda holatni anglatuvchi belgi hamda jezl (tayoqcha) topshirildi.
Ta`kidlash kerakki, mazkur avtomashinada xizmat ko`rsatuvchi xodimlar faqatgina avtobuslar harakatini nazorat qilishi ko`zda tutilgan.






