AsosiyJamiyat

20 yanvardan 20 martgacha hujjati bo`lmagan shaxslarga yordam beriladi

'20 yanvardan 20 martgacha hujjati bo`lmagan shaxslarga yordam beriladi'ning rasmi

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berildi. 

Huquqiy aksiya Adliya vazirligi tomonidan 2024 yilning 20 yanvaridan 20 martiga qadar o`tkaziladi.

Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:

- Tug`ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo`lmagan shaxslar;

- Yaqin qarindoshining o`limi qayd etilmagan shaxslar;

- Tug`ilganligi yoki yaqin qarindoshining o`limi haqidagi tibbiy ma`lumotnomaga ega bo`lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo`lgan shaxslar; 

- tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatdan o`tkazishda yoki qayta ro`yxatdan o`tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;

- ko`chmas mulklarini davlat ro`yxatidan o`tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.

Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:

- qayd etilmagan tug`ilganlik va o`lim holatlari respublika miqyosida xatlovdan o`tkaziladi;

- fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya bo`limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;

- sayyor qabullar tashkil etiladi.

Natijasiga ko`ra, mazkur shaxslarning:

➖ tug`ilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi;

➖ yaqin qarindoshlarining o`limi qayd etilib, guvohnoma (ma`lumotnoma)lar beriladi;

➖ tug`ilish yoki o`lim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tug`ilish (o`lim) qayd etib beriladi;

➖ tadbirkorlik sub`ektlari davlat ro`yxatidan o`tkazishda va qayta ro`yxatdan o`tkazishda ko`maklashiladi;

➖ ko`chmas mulklarini davlat ro`yxatidan o`tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar