Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Toshkent shahrining Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlarida atrof-muhitga ta`sir ko`rsatuvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ekologik monitoring o`tkazganini ma`lum qildi.

Monitoring davomida Chilonzor tumanida joylashgan atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishning I va II toifasiga mansub 70 ta korxonaga, jumladan, beton, un mahsulotlari, keramika va kafel, mato-gazlama va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarga chang-gaz tozalash uskunalarini o`rnatish to`g`risida ogohlantirish xatlari berildi.

Shuningdek, Sergeli tumanida atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishning I va II toifasiga mansub 68 ta korxona chang gaz tozalash uskunalari o`rnatish to`g`risida ogohlantirildi.
Qolaversa, Yangihayot tumanida joylashgan atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishning I va II toifasiga mansub 22 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalari o`rnatish to`g`risida ogohlantirish xatlari berildi.






