AsosiyDunyo

Rossiyada polisiya migrantlarni o`rdaksimon yurishga majburladi(video)

'Rossiyada polisiya migrantlarni o`rdaksimon yurishga majburladi(video)'ning rasmi

Rossiyaning Ekaterinburg shahridagi qurilish obektlarida o`tkazilgan reydlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlarni migrantlarni o`rdaksimon yurishga majburladi. Bu haqda «Russkaya Obshina Ekaterinburg» xabar berdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) yuqoridagi "Russkaya Obshina Ekaterinburg" telegram kanalida e`lon qilingan holat bo`yicha ham Rossiya Federasiyasi Ombudsmaniga murojaat qilib, Rossiyada bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlari ta`minlanishida ko`mak so`radi.

Qayd etilishicha, hamyurtlarimiz fikrlari asosida O`zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari o`rtasidagi hamkorlik yo`lga qo`yilib, murojaatlarni birgalikda ko`rib chiqish, jumladan Rossiya Federasiyasi xududida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz huquqlarini ta`minlash bo`yicha ishlanadi.

    Boshqa yangiliklar