AsosiyJamiyat

Pekinda O`zbekiston–Xitoy ta`lim forumi bo`lib o`tdi

'Pekinda O`zbekiston–Xitoy ta`lim forumi bo`lib o`tdi'ning rasmi

22 yanvar kuni Pekin shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta`lim vazirligi tomonidan O`zbekiston–Xitoy ta`lim forumi o`tkazildi.

Forumda O`zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta etakchi oliy ta`lim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.

Forum avvalida Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirining birinchi o`rinbosari K.Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Ta`lim vaziri o`rinbosari Chen Sze o`rtasida uchrashuv o`tkazilib, tadbirning va Oliy darajadagi tashrifning ikki tomonlama aloqalar rivojidagi o`rni haqida suhbat qurildi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.  

Forumni Tadbirni Xitoy Ta`lim vaziri o`rinbosari Chen Sze, O`zbekiston Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirining birinchi o`rinbosari Komiljon Karimov ochib berdilar. Tadbir yalpi majlis va 4 ta panel sessiyalardan tashkil topdi. Mazkur Forumda O`zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta etakchi oliy ta`lim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.  

Forum doirasida O`zbekiston-Xitoy oliy ta`lim muassasalari rahbarlari tomonidan 4 ta yo`nalishda – aniq fanlar, muhandislik, qishloq xo`jaligi, AKT, gumanitar fanlar, tibbiyot va farmasevtikaga bag`ishlangan panel sessiyalari bo`lib o`tdi.

Tadbir davomida ikki davlat oliy ta`lim muassasalari o`rtasida 70 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, 5 ta oliy ta`lim muassasalari o`rtasida qo`shma ta`lim dasturlarini tashkil etish bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur qo`shma ta`lim dasturi asosida 300 dan ortiq talabalar Xitoyning ilg`or universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shu bilan birga, Forum doirasida 100 dan ortiq O`zbekiston talabalari uchun grant dasturlarini tashkil etish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

Forumda O`zbekiston va Xitoy oliy ta`lim muassasalari hamkorligi to`g`risida Pekin deklarasiyasi qabul qilindi. Ushbu Deklarasiya doirasida Xitoy va O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari o`rtasida institusional platforma yaratish, Xitoy-Markaziy Osiyo ta`lim hamkorligi modelini shakllantirish, akademik almashinuv dasturlarini yanada rivojlantirish, qo`shma tadqiqotlar va innovasion loyihalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Forum doirasida aniq fanlar, muhandislik, AKT, gumanitar fanlar, sog`liqni saqlash va farmasevtika sohalarida universitetlararo uchrashuvlar tashkil etildi va qator o`zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

    Boshqa yangiliklar