Joriy yilning 22 yanvar kuni AQSh poytaxtida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik ochildi. Byust O`zbekiston elchixonasi oldida o`rnatildi.
Ochilish marosimida Jon Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, Beruniy va Ibn Sinoga bag`ishlangan "The Genius of their Age" kitobi muallifi Frederik Starr va boshqalar qatnashgan.
O`zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqovning ta`kidlashicha, Amerika Amerika bo`lmasidan turib, bu qit`a borligini aynan Beruniy topgan. Bu borada bilim ulashgan. Aniq fanlar bo`yicha tadqiqotlar olib borib, o`zidan beqiyos meros qoldirgan.
Elchining so`zlariga ko`ra, Beruniy- ikki davlatni bog`lab turadigan ilmiy ko`prik.
"Amerikaliklar bu olim haqida o`rgangan sari, O`zbekiston borasida qarashlari kengayadi, xalqlar bir-biriga yaqinlashadi",- deydi elchi.






