AsosiyJamiyat

AQSh elchixonasi viza olmoqchi bo`lgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

'AQSh elchixonasi viza olmoqchi bo`lgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi viza olmoqchi bo`lgan fuqarolarga murojaat qildi

Unda keltirilishicha, Toshkentdagi AQSh elchixonasi 2024 yilning 13 fevralidan e`tiboran, barcha noimmigrasion viza murojaatchilaridan, aynan suhbatga ro`yxatdan o`tish vaqtida foydalanilgan DS-160 anketasini suhbat kuni ham taqdim etishlarini talab qilishni boshlaydi. Suhbatga farqli DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasi bilan tashrif buyurgan murojaatchilar viza suhbatiga qabul qilinmaydi va ulardan qayta suhbatga ro`yxatdan o`tishi so`raladi. 

“Siz suhbatga ro`yxatdan o`tish uchun foydalangan DS-160 anketasi to`liq to`ldirilmagan yoki sezilarli xatolarni o`z ichiga olgan bo`lsa, u holda yangi DS-160 anketa to`ldirishingiz va anketaning yangi barkod raqamidan foydalangan holda, yangi suhbat kuni belgilashingiz kerak bo`ladi.

Agar anketangizga faqatgina kichik o`zgartirishlar kiritishingiz zarur bo`lsa, u holda yangi anketa to`ldirmasdan va qayta suhbat kuni belgilamasdan, viza suhbatiga kelishingiz mumkin bo`ladi. Xodimlarimiz anketangizdagi kichik xatolarni to`g`rilashda ko`mak berishlari mumkin”, — deyiladi murojaatda.

    Boshqa yangiliklar