Toshkent shahridagi tuman hokimlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimining 60 ta qarori sudda haqiqiy emas deb topilgan. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bildirilishicha, poytaxt hokimi va tuman hokimlarining qarorlarini haqiqiy emas, deb topish bo`yicha 220 ta ish ko`rib chiqilgan bo`lib, shundan hokimlarning 60 ta qarori haqiqiy emas, deb topilgan.
Shunday qarorlar soniga e`tibor qaratadigan bo`lsak, o`tgan yil davomida eng ko`p Toshkent shahar hokimining qarorlari haqiqiy emas deb topilganini ko`rish mumkin. Shahar hokimining 23 ta qarori sud e`tiroziga sabab bo`lgan.
Tumanlar kesimida esa Chilonzor tumani hokimi 10 ta shunday qaror bilan etakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Olmazor hokimining 7 ta, Sirg`ali hokimining 5 ta, Shayxontohur hokimining 4 ta, Mirzo Ulug`bek va Uchtepa hokimlarining 3 tadan, Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Yangihayot, Yashnobod hokimlarining bittadan qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan.






