AsosiyJamiyat

O`zA binosi madaniy meros obektlari ro`yxatidan chiqarildimi?

'O`zA binosi madaniy meros obektlari ro`yxatidan chiqarildimi?'ning rasmi

Qator ommaviy axborot vositalarida “Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyining bino va inshootlari madaniy meros obektlari ro`yxatidan chiqarilgani, shu bois o`zining avvalgi qiyofasini saqlab qolmasligi qayd etilmoqda.

Madaniy meros agentligi xabarlarga oydinlik kiritdi. Qayd etilishicha, 2023 yilning 14 oktyabrida Ishchi guruh mazkur obektlarda tarixiy va madaniy ekspertizani o`tkazgan.

Guruh tarkibi Madaniy meros agentligi vakillari, agentlik huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi a`zolari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Sharq nashriyoti matbaa korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan iborat edi.

Ekspertiza natijalariga ko`ra, Ishchi guruh tomonidan bino va inshootlarning aksariyati to`liq rekonstruksiyani taqozo etuvchi avariya holati, ayanchli ahvolda ekani to`g`risida tegishli xulosalar qilingan. Shuningdek, tarixiy va madaniy ahamiyatga molik binolar aniqlangan.

 Shu bilan birga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga mulk majmuasining realizasiya qilinishida “O`zA binosi” (liter 0002) ma`muriy binosining tarixiy me`moriy qiyofasini saqlab qolish zarurligi, kelgusida esa qurilish, ta`mirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, Madaniy meros agentligi Toshkent shahridagi modernizm inshootlari, shu jumladan, O`zA binosini YuNESKO Butunjahon merosining dastlabki ro`yxatiga kiritish uchun arizani tayyorlagan.

    Boshqa yangiliklar