AsosiyJamiyat

Prezident rafiqasi bilan Xitoyga etib bordi

'Prezident rafiqasi bilan Xitoyga etib bordi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aerportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Eli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24 yanvar kuni O`zbekiston etakchisi XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar