“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo`shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so`mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.
Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
- ️bozor stavkasida mijoz xohishiga ko`ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
- ️20 yildan ko`p bo`lmagan muddatga;
- ️boshlang`ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo`shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo`lmagan miqdorda.
Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo`lishi lozim, jumladan:
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to`lgan va 30 yoshdan oshmagan bo`lishi;
- “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo`lishi lozim);
- daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo`jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgaega bo`lishi;






