AsosiyJamiyat

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseyiga o`quvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi

'“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseyiga o`quvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseyiga o`quvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseyiga umumta`lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik to`g`risidagi shahodatnomaga ega, sog`lig`ining holatiga ko`ra o`qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o`tgan O`zbekiston Respublikasining erkak jinsli fuqarolari o`qishga qabul qilinadi.

Saralash tadbirlari dastlabki tanlov, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.

Nomzodlar uchun dastlabki tanlov ularning yashash va o`qish joyi bo`yicha Chegara qo`shinlari, DXX hududiy boshqarmalarining bo`linmalari, tuman va shahar bo`linmalari (bo`limlari) tomonidan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik liseyi mas`ul xodimlari bilan birgalikda o`tkaziladi.

9-sinf o`quvchilaridan 5 sentyabrdan 5 oktyabrga qadar arizalar qabul qilinib, Chegara qo`shinlari harbiy qismlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo`linmalariga taqdim etiladi.  

Harbiy-kasbiy tanlov 5 oktyabrdan 1 fevralga qadar o`tkaziladi. Bunda nomzodning:

  • tegishli hujjatlari va tavsiflovchi ma`lumotlari o`rganiladi;  
  • tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi;  
  • psixofiziologik xususiyatlarini aniqlanadi;  
  •  jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlanadi;  
  • ️ savodxonlik darajasini baholanadi (ijodiy bayon olinadi);  

DXX harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishini aniqlanadi;

Yakka tartibda yakuniy suhbat o`tkaziladi va uni test sinovlariga qo`yish to`g`risida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Test sinovlari:

  • Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o`tkaziladi;
  • umumta`lim fanlari bloki davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • nomzodlar o`z ixtiyoriga ko`ra uch tildan — o`zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.  

Quyidagi nomzodlar liseyga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o`qishga qabul qilinadi:  

  • xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g`oliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;  
  • o`z xizmat vazifalarini bajarish chog`ida halok bo`lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo`lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari — kvotadan tashqari;  
  • etim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat yordamiga muhtoj bo`lgan, joriy yilda maktabning 9-sinfini tamomlagan voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash bo`yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda DXX rahbariyatining qarorlari asosida — kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda.

    Boshqa yangiliklar