AsosiyDunyo

Ozarbayjon tarixiy saylovga hozirlik ko`rmoqda

'Ozarbayjon tarixiy saylovga hozirlik ko`rmoqda'ning rasmi

Mamlakatning barcha hududlarida suverenitet to`liq tiklanganidan so`ng, 7 fevral kuni Ozarbayjonda bo`lib o`tadigan Prezident saylovi muhim tarixiy-siyosiy voqea bo`lib, so`nggi o`ttiz yil ichida birinchi marta Qorabog` muammosini to`liq hal etish orqali hududiy yaxlitligi to`liq ta`minlangan davlat fuqarolari saylovchi bo`ldi. 

Bu haqda siyosiy sharhlovchi, Ozarbayjon “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi raisi Farid Shahbazli ma`lum qildi.

Uning fikricha, Ozarbayjonda juda demokratik va qulay saylov muhiti mavjud. Saylovni xalqaro saylov standartlariga muvofiq erkin va oshkora o`tkazish uchun kuchli siyosiy iroda mavjudligini ta`kidladi: 

“Prezidentlikka nomzodlarni ro`yxatga olish jarayonida ham, targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgan hozirgi davrda ham barcha nomzodlar uchun teng sharoitlar yaratilgan. Amaldagi hukumat nomzodidan tashqari, muxolifat partiyalari vakillari va betaraf nomzodlar ham raqobatlashmoqda. Prezidentlikka barcha nomzodlar qonunda yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda mustaqil ravishda saylovoldi tashviqotini amalga oshirishi mumkin.

Ayni paytda mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan saylovga katta qiziqish bildirilmoqda. O`z kuzatuvlariga asoslanib, ular Ozarbayjonda shaffof saylov muhiti mavjudligini qayd etishadi. Eng muhimi, Ozarbayjon fuqarolari saylov jarayoniga katta qiziqish bildirmoqda. Ishonchim komilki, saylov kuni barcha fuqarolarimiz o`zi faol qo`llab-quvvatlagan nomzodga ovoz beradi”.

Farid Shahbazlining so`zlariga ko`ra, shu kunga qadar bo`lib o`tgan barcha saylovlarda barcha nomzodlar platformasining asosiy tezisi mamlakat hududiy yaxlitligini ta`minlash bilan bog`liq masalalar bo`ldi:

 “Ammo, endilikda mamlakatimizning butun hududida suverenitetimiz to`liq tiklandi. Bu haqiqatni mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev yaratgan, buning o`zi uni saylov favoritiga aylantirish uchun etarli.

Boshqa tomondan, Ilhom Aliyevning prezident etib saylanishi nafaqat Ozarbayjon xalqi va davlati uchun muhim, deb hisoblayman. Bu ham turkiy dunyo mamlakatlari integrasiyasi, turkiy davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga prinsipial va izchil yordam berayotgan etakchi sifatida butun turk dunyosi uchun juda muhim”.

    Boshqa yangiliklar