AsosiyDunyo

Berlin Germaniyani mudofaa qilishning yangi rejasini tayyorlamoqda

'Berlin Germaniyani mudofaa qilishning yangi rejasini tayyorlamoqda'ning rasmi

Bundesver xavfsizlik idoralari, favqulodda xizmatlar va ittifoqchilar bilan birgalikda mamlakatni himoya qilish uchun maxfiy rejani ishlab chiqmoqda. "Sovuq urush" davri tugaganidan beri birinchi marta bunday choralar ko`rilmoqda, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

Bundesver tahdidlarning bir necha turini qayd etdi, ularning ba`zilari allaqachon kuzatilmoqda. Gap soxta yangiliklar va dezinformasiya haqida ketmoqda. Buning yordamida dushman hokimiyat, jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalarining qarorlariga ta`sir o`tkazishga harakat qilmoqda.

Energetika va telekommunikasiya tarmoqlariga kiberhujumlar qayta boshlanishi kutilmoqda. Shuningdek maqsadli josuslik va boshqa tahdidlar sanab o`tilgan.

Bundesverga ko`ra, reja mart oyining oxiriga qadar tayyor bo`lishi kerak.

    Boshqa yangiliklar