Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Shvesiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Hujjat hukumatning Resmi Gazete gazetasida e`lon qilindi, deb yozadi Anadolu.
23 yanvar kuni Turkiya parlamenti protokolni ratifikasiya qilish uchun ovoz berdi.
Vengriya Shvesiyaning alyansga qo`shilish arizasini hali ratifikasiya qilmagan NATOga a`zo yagona davlat bo`lib qolmoqda. NATOga a`zo bo`lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a`zolari tomonidan ma`qullanishi kerak.
Shvesiya Finlyandiya bilan birga 2022 yilning yozida NATOga a`zo bo`lish uchun ariza topshirgan.
Finlyandiya 2023 yil aprel oyida NATOga a`zo bo`ldi. Shvesiyaning NATOga kirishi Turkiyaning Shvesiyani Kurdiston ishchilar partiyasi (Anqara uni “terrorchi tashkilot” deb hisoblaydi) a`zolariga boshpana berganlikda ayblagan qarshiliklari tufayli kechiktirildi.






