O`tgan haftada AQShda kuzatilgan kuchli sovuq va qor yog`ishi oqibatida qurbon bo`lganlar soni 89 nafarga etdi.
Tabiiy ofat bilan bog`liq o`lim holatlari Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham qayd etilgan.
Amerika Qo`shma Shtatlarning katta qismi kuchli shamol, qor yog`ishi va muzdan zarar ko`rdi. Avvalroq Chikagoda g`ayritabiiy sovuq kuzatilgan edi. Havo harorati minus 20 darajaga tushib ketdi.






