AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xususiy aerodrom quriladi

'O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xususiy aerodrom quriladi'ning rasmi

Ohangaronda Xitoy bilan hamkorlikda aerodrom quriladi Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Shenchjen shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida bir qator shartnomalar imzolandi, yangi loyihalarga asos solindi.

Xususan, Ohangaron tumani "Yangi hayot" MFYda yuz foiz Xitoy kapitali ishtirokida Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xususiy aerodrom qurish bo`yicha shartnoma imzolandi.

Loyiha qiymati 380 million AQSh dollari. Qurilish ishlari joriy yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar