Ekologiya vazirligi tomonidan 23–31 yanvar kunlari Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasida joylashgan “Toshkent IES” (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyati tekshirilgan.
Tekshiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilg`i hisoblangani, shuningdek, qo`shimcha yoqilg`i sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan.
Tekshiruv natijalariga ko`ra issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd 23 mln so`m (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan erni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida kompensasiya belgilangan.
Bundan tashqari, IESga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 16 banddan iborat majburiy ko`rsatmalar berilgan.
Ayni damda to`plangan hujjatlar huquqbuzarlikka yo`l qo`ygan IES mansabdor shaxslariga tegishli chora ko`rish maqsadida sud organlariga yuborilmoqda.