Tailand polisiyasi uchishga tayyorlanayotgan Thai Airways samolyotining eshigini ochib yuborgan kanadalik yo`lovchini hibsga oldi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz".
Tailand matbuotiga ko`ra, bu holat aeroportdagi o`ndan ortiq reyslarga ta`sir ko`rsatgan.
Yo`lovchi advokatining aytishicha, uning mijozi o`zini xavf ostida deb hisoblagani uchun samolyot eshigini ochib yuborganini bildirgan.
Kanadalik fuqaro endi o`lim jazosi, 20 yilgacha qamoq yoki katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Polisiyaning aytishicha, u psixiatrik tekshiruv uchun klinikaga yuborilgan.






