Indoneziyada o`yin vaqtida futbolchi yashin urishi oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi "sportbox".
Ma`lum qilinishicha, fojia 10 fevral, shanba kuni Bandung shahridagi "Silivangi" stadionida yuz bergan.
Birinchi chaqmoq o`yin boshlanganidan 15 daqiqa o`tgach sodir bo`lgan, biroq u maydonga tegmagan. Ikkinchisija esa, yashin urganidan so`ng futbolchi maysazorga yiqilib, shifoxonaga olib ketilgan va u erda vafot etgan. Marhum 30 yoshda edi, deyiladi xabarda.






