1

O`zbekistonda ilk bor eshkak eshish bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi

Sport 15.02.2024, 19:05
O`zbekistonda ilk bor eshkak eshish bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi

3 yildirki O`zbekiston eng ommaviy sport turlari bo`yicha jahon chempionatlarini qabul qilib kelmoqda. Bu yil ham ushbu an`ana davom etib, zaminimiz baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha kattalar o`rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi.

23-25 avgust kunlari Samarqandda mazkur sport turi bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi. Bahslar Markaziy Osiyoda yagona eshkak eshish kanalida bo`lib o`tadi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1