Joriy yil 24 fevral kuni O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi Dohada bo`lib o`tadigan birinchi Dizayn biennalesida @designdohabiennial Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads – “Hunarmand O`zbekiston: tolalardagi an`ana” ko`rgazma loyihasini taqdim etadi. Bu haqda Prezident Administrasiyasi Ijroiya apparatining kommunikasiyalar va axborot siyosati sektori mudiri Saida Mirziyoeva xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Doha Dizayn Biennale-2024 Dohaning Msheyreb innovasion hududida tashkil etiladi.
O`zbekistonning betakror ekspozisiyasi xalq hunarmandchiligining so`nggi 100 yil ichidagi evolyusiyasini, yurtimiz an`anaviy hunarmandchiligining naqadar boyligini aks ettirgan. Ko`rgazmaning eng diqqatga sazovor tarafi harakat payti an`anaviy gazlamalarimizni eslatuvchi, ranglari o`zgaruvchan linza korinishidagi oyoq osti sathidir.
“Hunarmand O`zbekiston: tolalardagi an`ana” ko`rgazma loyihasiga 30 martga qadar tashrif buyurish mumkin bo`ladi.