AsosiyDunyo

O`rta er dengizida NATO mashg`ulotlari boshlandi

'O`rta er dengizida NATO mashg`ulotlari boshlandi'ning rasmi

NATOning O`rta Er dengizida 7 ta suv osti kemasi, samolyot va er usti kemalari bilan mashg`ulotlari boshlandi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Mashq Dynamic Manta-24 nomi ostida boshlandi. Ularda Turkiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Gresiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Manevrlar davomida Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari er va havo kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda suv osti kemalariga qarshi urushga oid vazifalarni mashq qiladilar.

    Boshqa yangiliklar