AsosiyDunyo

Turkiyada qidiruvdagi o`zbekistonlik erkak ushlandi

'Turkiyada qidiruvdagi o`zbekistonlik erkak ushlandi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahrida jinoyat qilganlikda ayblanib, qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik ushlandi. Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, u Turkiya va O`zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida qo`lga olingan. 1979 yilda tug`ilgan Z.F. giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo`lgan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so`ralgan. Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta`minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar