AsosiyDunyo

Qozog`iston va O`zbekiston ittifoqchilik munosabatlari to`g`risidagi shartnomani ratifikasiya qilindi

'Qozog`iston va O`zbekiston ittifoqchilik munosabatlari to`g`risidagi shartnomani ratifikasiya qilindi'ning rasmi

Bugun Qozog`iston parlament yalpi majlisida “Qozog`iston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to`g`risidagi shartnomani ratifikasiya qilish to`g`risida”gi qonunni qabul qildi.

Shartnoma davlat rahbarlari boshchiligida tashqi siyosat, xavfsizlik va transchegaraviy suvlar masalalarini belgilovchi Oliy davlatlararo kengashni tashkil etishni nazarda tutadi.

– Bitim siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mazkur hujjat ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. O`zbekiston tomoni 2023 yil 1 dekabrda shartnoma ratifikasiya qilinganini ma`lum qildi”, — dedi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Qayrat Umarov.

 

Bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil dekabr oyida Prezident Qosim-Jomart Tokaevning O`zbekistonga tashrifi chog`ida imzolangan edi. Keyin Tokaev kelishuvni “tarixiy ahamiyatga ega hujjat” deb atadi.

    Boshqa yangiliklar