AsosiyDunyo

Issiqko`lda chex va slovak turistlar ko`chki ostida qolib halok bo`ldi (video)

'Issiqko`lda chex va slovak turistlar ko`chki ostida qolib halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Issiqko`lda chex va slovak turistlar ko`chki ostida qolib halok bo`ldi. Qirg`iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, fojia 25 fevral kuni Oqsuv tumanida, Jirg`alon qishlog`ining Tulpar-Tosh qishlog`i hududida sodir bo`lgan. U erda 23 kishidan iborat sayyohlar guruhi bo`lgan, ular chang`i uchayotgan Chexiya va Slovakiya fuqarolari edi.

Taxminan soat 13:00da tog`da qor ko`chkisi sodir bo`lgan va to`rt kishi (Chexiya fuqarolari) qor ostida qolgan. Sayyohlarning o`zlari halok bo`lganlarning jasadlarini qazib olib, tashish uchun yordam so`rashgan.

Voqea joyiga etib kelgan olti kishidan iborat qutqaruv guruhi ushbu faktni qayd etish uchun halok bo`lganlarning jasadlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdi.

Chexiya matbuotiga ko`ra, halok bo`lganlar orasida uch nafar Chexiya va bir nafar Slovakiya fuqarosi bor.

    Boshqa yangiliklar