AsosiyJAMIYAT

Xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘lgan yosh ijodkorlar mukofotlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra, milliy kino sanʼatini rivojlantirish va uni jahon miqyosida targʻib etishga qoʻshgan hissasi uchun bir guruh yosh ijodkorlar davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

'Xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘lgan yosh ijodkorlar mukofotlandi'ning rasmi

Qayd etilishicha, Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi katta muvaffaqiyatga erishib, bosh sovrin — Gran-prini qo‘lga kiritgan.

Yosh ijodkorlar o‘zining yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati va izlanuvchanligi bilan mamlakatda kino san’atini rivojlantirish, xalqning badiiy-estetik va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi badiiy obrazlarni yaratish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun quyidagilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi:

— Qodirov Suxrob Tolmasovich — erkin ijodkor, ssenarist va kinorejissyor;

— Usmonov Dilshodbek Xolmurod o‘g‘li — S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali talabasi, kinorejissyor.

    Boshqa yangiliklar