AsosiyDunyo

Qozog`iston Qirg`izistonga 2000 tonna dizelni insonparvarlik yordami sifatida jo`natdi

'Qozog`iston Qirg`izistonga 2000 tonna dizelni insonparvarlik yordami sifatida jo`natdi'ning rasmi

Qozog`iston xalqaro taraqqiyot agentligi KazAID ko`magida Prezident Qosim-Jomart Toqaev nomidan 2000 tonna dizel yoqilg`ini insonparvarlik yordami sifati jo`natdi. 

Qirg`izistonga Bishkek IESdagi avariyani bartaraf etishda qo`llab-quvvatlash maqsadida Qozog`istondan jami 1000 tonnalik dizel yoqilg`isi, jami 17 ta vagon sisternali gumanitar yordamning birinchi partiyasi etkazilgan.

Etkazib berilayotgan Qozog`iston dizel yoqilg`isi hayotning turli sohalari, jumladan, transport, qishloq xo`jaligi va tibbiyot muassasalarining energiya ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.

“Chuy viloyatidagi Shopokova stansiyasiga 1000 tonnalik dizel yoqilg`isining birinchi partiyasi etib keldi. 1000 tonnalik ikkinchi partiya Qirg`iziston tomonining talabiga binoan Issiqko`l viloyatidagi Baliqchi stansiyasiga etkaziladi. Bu asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan mustahkamlanib kelingan, biz davom ettirishimiz shart bo`lgan yaqin do`stona munosabatlarimiz daxlsizligini yana bir bor tasdiqlaydi, - deydi Joshiboev.

 

    Boshqa yangiliklar