AsosiyDunyo

Putin aholidan prezidentlik saylovlariga kelishni so`radi (video)

'Putin aholidan prezidentlik saylovlariga kelishni so`radi (video)'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-17 mart kunlari bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlari arafasida rossiyaliklarga videomurojaat qildi. Davlat rahbari mamlakat fuqarolarini ovoz berishda ishtirok etishga chaqirdi.

"Birdamligimizni va birgalikda olg`a intilish qat`iyatimizni tasdiqlashimiz kerak. Sizning har bir ovozingiz qimmatli va ahamiyatlidir. Shu bois sizni yaqin uch kun ichida ovoz berish huquqidan foydalanishga chaqiraman", - dedi Putin.

Davlat rahbari har bir shahar, qishloqlarda saylov uchastkalari ochiq bo`lishini qo`shimcha qildi.

"Biz hamma narsani o`zimiz xohlagandek qilamiz. Shuning uchun sizdan saylovga kelib, o`z fuqarolik va vatanparvarlik pozisiyangizni ifoda etishingizni, tanlagan nomzodingizga, sevimli Rossiyamizning muvaffaqiyatli kelajagi uchun ovoz berishingizni so`rayman", - dedi davlat rahbari. 

Putinning eslatishicha, ovoz berish 15 mart kuni boshlanib, uch kun davom etadi. Uning ta`kidlashicha, Rossiyada prezidentlik saylovlari sakkizinchi marta o`tkazilmoqda va bu "demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri daxlsizligini ko`rsatadi".

Prezident bo`lajak saylovni muhim, o`ta mas`uliyatli voqea deb atadi. 

Putinning so`zlariga ko`ra, bugun mamlakat fuqarolarining saylovlarda ishtirok etishi “vatanparvarlik tuyg`ularining namoyonidir”. “Buni Donbass va Novorossiya aholisi yaxshi tushunadi, ular eng og`ir sharoitlarda referendumda Rossiya bilan birlik uchun ovoz bergan va shu kunlarda ham o`z tanlovini qiladi”, — dedi prezident. Maxsus operasiya ishtirokchilari ham ovoz berishadi. Ular, deya qo`shimcha qildi davlat rahbari, barcha rossiyaliklarga o`rnak bo`ldi.

Ma`lumot uchun: Putin fuqarolarga federal saylovlar munosabati bilan sakkiz marta murojaat qilgan. 

    Boshqa yangiliklar