Mazhabimizga ko`ra zakotda uning qiymatini berish mumkin. Bunda beriladigan buyumning faqirlarga manfaatlirog` bo`lishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, mahsulot o`rniga uning qiymatidagi boshqa narsani zakot olishga haqli bo`lgan kishiga olib berishi ham mumkin.
Shuning uchun agar talaba, ahli ilmlar zakot olishga haqli bo`lsa, unga zarur kitobni olib berish mumkin. Bunda berilgan kitob talabaning shaxsiy mulkiga o`tishi kerak. Bunday qilsa ilm ahlini qo`llab quvvatlagani va ilmni tarqatishga hissa qo`shgani uchun ham ziyoda ajrga ega bo`ladi. Ammo bu ishni muassasalarga qilib bo`lmaydi. Masalan, kitoblarni oliygohning kutubxonasiga olib berib, umumfoydalanish uchun qo`yishlik bilan zakot ado bo`lmaydi. Chunki zakot yuqorida aytilganidek shaxslarga mulk qilib berish bilan ado bo`ladi. “Raddul muhtor” kitobida bunday deyilgan:
“Etimning vasiysi o`z zakotidan uning kiyimi va eb-ichadigan narsasi uchun bersa, kiyimida zakot shaksiz o`tadi. Chunki mulk qilib berish topiladi. Shuningdek, egulikni ham unga o`z qo`llari bilan topshirgan qismida o`tadi. Ammo etimning o`ziga berilmasdan edirilgan qismida zakot o`tmaydi. Chunki bu holatda mulk qilib berish topilmaydi”. Vallohu a`lam.
O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.






