AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik bo`lmaydi

'Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik bo`lmaydi'ning rasmi

15 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar