Voyaga etmagan farzandlari ta`minotidan bo`yin tovlab, 3 nafar sobiq xotinidan qochib yurgan qarzdor fuqaro Toshkent shahridagi savdo markazi kuzatuv kamerasi orqali topildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fuqaro R.B. Chust tumanida yashaydi. 2014 yilda turmush o`rtog`i G.Ch. bilan ajrashib ketadi. Sudning qaroriga ko`ra, undiruvchi foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment to`lash belgilanadi. Biroq, qarzdor farzandi uchun ta`minotni bo`yin olmaydi. Ishsizlikni ro`kach qilib, turli bahonalar orqali aliment to`lamay keladi. Unga nisbatan chetga chiqish huquqlari cheklanadi.
Toshkent shahriga ishlashga borib, shu orada umuman kelmay qo`yadi. Borgan sari aliment qarzdorligi ortib boradi va yashirinib yurishiga to`g`ri keladi.
Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e`lon qilinadi. Qarzdorga doir barcha ma`lumotlar ichki ishlar organlariga taqdim etiladi. Yaqinda olingan ma`lumotlar ish berib, u Toshkent shahridagi savdo markazida yurgani ma`lum bo`ladi. Kuzatuv kamerlari holatni aniqlashtirib, qarzdor hech qaerga qocha olmay qoladi.
Ma`lum bo`lishicha, qarzdorning zimmasiga sobiq 3 nafar xotinlariga alimentdan majburiyat bo`lgan, ya`ni G.Ch. foydasiga 87.989.540.so`m, A.A. foydasiga 78.827.480 so`m, Yu.U. foydasiga 18.278.832 so`m, jami 185.095.852 so`m qarzdorlik vujudga kelgan.
Toshkent shahridan olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. O`tkazilgan sud jarayonida unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.






