AsosiyJamiyat

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim etib tayinlandi

'Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim etib tayinlandi'ning rasmi

Murodjon Abdurahimov Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lumot o`rnida, Murodjon Abdurahimov 1986 yilda Chirchiq shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti – oliy. 2008 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani “Baytqo`rg`on xizmat ko`rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o`qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O`zkommunxizmat” agentligi, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo`lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas`ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar