AsosiyJamiyat

Farg`onada 16 yoshli qiz bedarak yo`qoldi

'Farg`onada 16 yoshli qiz bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB  Uchko`prik tumani “Katta-Qorako`l” MFYda yashovchi bedarak yo`qolgan 2008 yilda tug`ilgan Ruhshonaxon Sohibjon qizi Fozilovani topish ko`mak so`ramoqda. 

Ruhshonaxon joriy yilning 3 mart kuni yashash xonadonidan noma`lum tomonga chiqib ketib, uyiga qaytmagan. Egnida qora rangli shapkali jemper, boshida to`q yashil va qizil rangli yo`l-yo`l ro`mol, oyog`ida qora rangli, ayollar oyoq kiyimi, o`ng qo`lida rangli metalldan yasalgan uzugi bo`lgan.   

Belgilari: bo`yi taxminan 160-165 sm, bug`doyrang, uzunchoq, sochi qora, quloqlari o`rtacha, burni o`rtacha, lablari o`rtacha qalinlikda, tishlari tabiiy butun va ruhan sog`lom.

U haqida ma`lumotga ega bo`lganlardan  73-244-02-85, 73-244-02-76 yoki "102" qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib xabar berish so`ralmoqda.

Shuningdek, Ruhshonaxon Fozilovaning topilishida amaliy yordam bergan fuqarolarning shaxsiga oid ma`lumotlar sir saqlanishi va moddiy rag`batlantirilishi bildirilgan.

    Boshqa yangiliklar