Markaziy saylov komissiyasi bayonnomalarning 99,01 foizini ko`rib chiqqandan so`ng Rossiya prezidenti saylovida amaldagi prezident Vladimir Putin 87,33 foiz ovoz to`pladi, deb yozdi “RIA Novosti”.
MSK ma`lumotlariga ko`ra, Nikolay Xaritonov (Rossiya Federasiyasi Kommunistik partiyasi) - 4,31%, Vladislav Davankov (Yangi odamlar) - 3,79%, Leonid Slutskiy (LDPR) - 3,19%. Saylovchilarning umumiy ishtiroki 74,22 foizni tashkil etdi.
Putinning dastlabki natijasi zamonaviy Rossiya tarixidagi rekorddir. 2018 yilda u prezidentlik saylovlarida 76,69 foiz, 2012 yilda esa 63,6 foiz ovoz olgan.
Federal masofaviy elektron ovoz berish natijalariga ko`ra, Moskva va Kaliningradni hisobga olmaganda, Vladimir Putin 87,4 foiz, Vladislav Davankov – 6,28 foiz, Leonid Slutskiy – 3,76 foiz, Nikolay Xaritonov – 2,56 foiz ovoz to`plagan. DEGda ro`yxatga olingan saylovchilarning 94 foizi ishtirok etdi. DEG 29 ta hududda amalga oshirildi.
Rossiyada prezidentlik saylovlari uch kun, 15-17 mart kunlari bo`lib o`tdi.