1

O`zbekiston nechanchi o`rinda?

Dunyo 20.03.2024, 15:57
O`zbekiston nechanchi o`rinda?

World Happiness Report 2024 reytingida O`zbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakat deb topildi. Shuningdek, ikkinchi o`rinni Qozog`iston egalladi. Oksford universitetining yillik global hisobotiga ko`ra, Qozog`iston bir necha pog`onani boy bergan va reytingda 44-o`rindan 49-o`ringa tushib ketgan. Bu haqda O`zA matbuot xizmati xabar berdi

Rossiya 72-o`rinni egalladi, Ukraina esa 105-pog`onadan joy olgan. 143 mamlakat va hududdagi odamlar o`z hayotlarini noldan 10 gacha bo`lgan shkalada baholaganlar. 10 ball mumkin bo`lgan eng yaxshi reytingdir. Reytingni yaratish uchun oxirgi uch yildagi natijalar o`rtacha hisoblanadi.  

Finlyandiya o`rtacha 7,7 ball bilan birinchi o`rinda qolmoqda. Undan keyin Daniya, Islandiya va Shvesiya turadi. Afg`oniston va Livan mos ravishda 1,7 va 2,7 ball bilan oxirgi ikki o`rinni egallab turibdi.  

Umuman olganda, reytingga umr ko`rish davomiyligi, ijtimoiy aloqalar, shaxsiy erkinlik va korrupsiya kabi boshqa omillar ta`sir qiladi.  

Amerika Qo`shma Shtatlari birinchi marta kuchli yigirmatalikdan joy olmadi va o`tgan yilgi 15-o`rindan 23-o`ringa tushib ketdi. Bu 30 yoshgacha bo`lgan amerikaliklarning farovonlik hissi keskin tushib ketgani bilan bog`liq, deyiladi hisobotda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1