O`zgidromet 22 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.






