AsosiyJamiyat

Korxona tomonidan qo`pol qonun buzilish holatiga yo`l qo`yilganligi aniqlangan

'Korxona tomonidan qo`pol qonun buzilish holatiga yo`l qo`yilganligi aniqlangan'ning rasmi

O`zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “Samo” MChJ korxonasi lisenziyasi vaqtinchalik to`xtatildi. Bu haqda Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.

2023-yilning sentyabrida “Samo” korxonasining farmasevtik faoliyati bo`yicha tekshiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining ma`lum qilishicha, o`rganishlar natijasiga ko`ra, korxona tomonidan qo`pol qonunbuzilish holatiga yo`l qo`yilgani aniqlanib, 2023-yil dekabrida “Samo” MChJ lisenziyasini bekor qilish to`g`risida markaz tomonidan sudga da`vo arizasi kiritilgan.

Namanganda yuz bergan zaharlanish holati yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilayotgani sababli mazkur iqtisodiy ish bilan bog`liq sud, Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi iltimosnomasiga ko`ra 2024-yil 19-yanvarda to`xtatildi.

Aholining hayoti hamda sog`lig`i uchun tahdid yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy ish bo`yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar “Samo” MChJning lisenziyasini to`xtatib turish to`g`risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegishli ajrimiga muvofiq qanoatlantirildi.

“Samo” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli (dori vositalarini ishlab chiqarish uchun 2020-yil 30-martda berilgan) 15571-sonli lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to`xtatildi.

 

    Boshqa yangiliklar