1

Ukraina harbiy razvedkasi ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlariga 2024 yilda kamida to`qqizta hujum ro`y bergan

Dunyo 22.03.2024, 19:41
Ukraina harbiy razvedkasi ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlariga 2024 yilda kamida to`qqizta hujum ro`y bergan

AQSh hukumati Ukrainani Rossiya energetika infratuzilmalariga hujumlarni bas qilishga chaqirgan. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Vashington Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar tomonidan qilinayotgan hujumlar jahon bozorida neft narxi oshishiga olib kelishi, shuningdek Moskva tomonidan javob choralari ko`rilishiga sabab bo`lishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

Nashrga ko`ra, Amerika bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasini bir necha bor ogohlantirgan. Ikkala bo`linma ham urush boshlanganidan beri Rossiyaning quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi nishonlariga zarba berish uchun o`z dron dasturlarini doimiy ravishda kengaytirmoqda. Oq uy Ukraina dronlarining Rossiya g`arbidagi neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari, omborxonalariga qilgan hujumlaridan tobora norozi bo`lmoqda.

Vashington Moskvaning davomli hujumlarga ehtimoliy javobidan ham xavotirda. Oq uyning fikricha, buning natijasida G`arb tayanadigan energetika infratuzilmasi — masalan, Qozog`iston nefti etkazib beriladigan Kaspiy konsorsium quvuri zarar ko`rishi mumkin.

Ukraina harbiy razvedkasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yildan buyon Rossiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlariga kamida 12 hujum (2024 yilda kamida to`qqizta) ro`y bergan, shuningdek bir qancha terminallar, omborxonalar va neft saqlash joylariga zarbalar berilgan. O`tgan haftada Kiev ikkita yirik va nisbatan keng ko`lamli dronlar hujumlarini amalga oshirdi, buning natijasida qatorasiga bir necha kun ichida Rossiyaning ettita energetika obektlariga hujum qilindi. Shuningdek, ukrain maxsus xizmatlari Rossiyaning Qora dengizdagi harbiy kemalariga dengiz dronlari orqali hujum qilishda davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1