AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinga ta`ziya yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinga ta`ziya yo`lladi'ning rasmi

 Shavkat Mirziyoev Rossiyaning Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir bo`lgan fojia oqibatida o`nlab begunoh insonlar qurbon bo`lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga chuqur ta`ziya yo`lladi.

Maktubda O`zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat`iy qoralashi hamda mazkur jinoyat tashkilotchilari va ijrochilariga jazo muqarrarligi ta`minlanishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog`ayib ketishini tiladi.

Eslatib o`tamiz, 22 mart kuni kechqurun Rossiya poytaxti Moskvadagi “Crocus City Hall'da otishma va portlashlar yuz berdi.

 

    Boshqa yangiliklar