AsosiyJamiyat

Moskvadagi elchixonaga jabrlangan o`zbekistonliklar haqida ma`lumot kelib tushmagan

'Moskvadagi elchixonaga jabrlangan o`zbekistonliklar haqida ma`lumot kelib tushmagan'ning rasmi

O`zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi Crocus City Hall markazida ro`y bergan portlash va otishma oqibatida ko`plab qurbonlar bo`lgani, natijada tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg`u hissi bilan qabul qilganini ma`lum qildi.

"Elchixona qabul qiluvchi davlat huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada. Hozirda jabrlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma`lumot kelib tushmagan.
Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini izhor qilamiz.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini xotirjamlikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiramiz" deyiladi ma`lumotda.

O`zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo`limining call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76.

    Boshqa yangiliklar