AsosiyJamiyat

Samarqandda egizak chaqaloqlar solingan sumka ko`p qavatli uy yo`lagiga tashlab ketildi (video)

'Samarqandda egizak chaqaloqlar solingan sumka ko`p qavatli uy yo`lagiga tashlab ketildi (video)'ning rasmi

Samarqand shahar, Qorasuv dahasidagi ko`p qavatli uyning yo`lagida yangi tug`ilgan egizak chaqaloqlar qoldirib ketildi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida ma`lum qilindi.

Sumkaga solingan holatdagi chaqaloqlarni hudud hamshirasi ko`rib qolgan hamda ularga birinchi yordam ko`rsatgan. Egizak qizaloqlarni uy yo`lagiga ayol kishi qoldirib ketgan. Uning harakati ko`p qavatli uyning kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Ayol niqob taqqan, ro`molga o`ranib olgan holatda bo`lgan.

Birinchi navbatda bolalarning ahvolini ko`rdik, ambulator xonasiga tushirib, yurak urishini tekshirdik. Egizaklarning ikkalasi ham sog`lom… IIB xodimlari kelib, vaziyatni o`rgandi. Bolalarning onasi shu massiv aholisidan, deya taxmin qilyapmiz. Sababi, u bu erda klinika borligini bilgan, — deydi xususiy klinika rahbari Bahriddin Doniyorov.

Samarqand viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori o`rinbosari Dilshod Rahmonovga ko`ra, hozirda egizaklarning ahvoli yaxshi, ular to`liq nazoratga olinib, parvarish qilinmoqda. Hozircha bolalarni tashlab ketgan ayolning shaxsi ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar