Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, gumonlanuvchilar boshqarayotgan Renault avtomobili tunda Bryansk viloyati Xatsun qishlog`i hududida aniqlangan. Mashina huquq-tartibot idoralari xodimlarining to`xtash buyrug`iga bo`ysunmaya, qochishga uringan.
“Ta`qib paytida o`q uzilib, mashina ag`darilib ketgan. Bir terrorchi voqea joyida qo`lga olingan, qolganlari o`rmonga qochib ketgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, taxminan soat 03:50 da ikkinchi gumonlanuvchi topilib, qo`lga olindi" — deb xabar berdi Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn.
Qolganlarni qidirish davom etmoqda. Operasiyaga barcha huquq-tartibot idoralari jalb qilingan.
“Renault avtomobilidan Makarov pistoleti, Kalashnikov avtomati magazini va Tojikiston fuqarolarining pasportlari topildi”, — deya qo`shimcha qilindi.
FSB rahbari Putinga bergan hisobotida terakt bo`yicha jami 11 kishi, shu jumladan konsert zalida otishma sodir etgan barcha 4 nafar terrorchi hibsga olinganini ma`lum qildi.






