Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriningUchtepa tumanida ota o`z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltaklagani aytilgan video tarqaldi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 21 mart kuni Uchtepa tumanida 2014 yilda tug`ilgan T.M. qo`shnisi 2014 yilda tug`ilgan X.K. bilan o`zaro kelishmovchilik natijasida urishib turgan vaqtida T.M. ning otasi E.M. ularni o`zaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratish o`rniga aksincha, o`g`li T.M. ga qo`shnisi X.K. ni urishiga imkon yaratgan va o`zi ham urishga ko`maklashib, bolalar bir-birini kaltaklashiga sharoit yaratgan va janjalni davom ettirishga o`g`lini majbur qilgan.
Aniqlanishicha, voyaga etmagan T.M. va X.K. laro`zaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati bo`lmagan.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMBtomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, bolaning otasi E.M. ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi o`rganilmoqda.






