Toshkent shahrida avtobusdan tushayotgan ayol yiqilishi oqibatida avtobus uni bosib ketdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, 30-35 yoshlar atrofidagi ayol avtobusdan tushganida qoqilib, yiqilgan. Oqibatda ayolning oyog`i balon tagida qolgan. U tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan va ikki soat davomida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
“Bemor tez yordam mashinasida shok palatasiga olib kelindi. Avtobusdan tushayotganida ehtiyotsizligi oqibatida avtobus oyog`ini bosib olgan. Jarohat juda katta: yirtilgan, ezilgan. Biz uni jarrohlik stoliga oldik. To`qimalarini taftish qildik. To`qimalar hayotga nomutanosib bo`lgani sababli son qismidan kesib tashlashga majbur bo`ldik”, — deydi shifokor.






