AsosiyJamiyat

Qarzlar yopilmagani sabab “Malibu” sotilmoqda

'Qarzlar yopilmagani sabab “Malibu” sotilmoqda'ning rasmi

MIBning Andijon tuman bo`limi ish yurituvida mavjud  bo`lgan kredit qarzdorliklarini undirishga oid ijro hujjatlari bo`yicha garovdagi 55 ta 15 mlrd. so`mlik mol-mulklar xatlangan bo`lib, ulardan 20 ta 11,3 mlrd. so`mlik mol-mulklar savdoga qo`yilgan.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “B.B.T” MChJdan AT “Xalq banki” foydasiga 936,2 mln. so`m kredit qarzdorligini undirish, shuingdek undiruvni garovdagi avtotransport vositalariga qaratish belgilangan.  

Byuroning tuman bo`limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida kredit ta`minoti sifatida garovga qo`yilgan “MALIBU” ro`yxatga olinib, xatlangan.

Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi to`lanmaganligi sababli, qiymati 264 000 000 so`mni tashkil etuvchi  avtomashina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.

"Banklarning kredit resurslari muqaddam ajratilgan kredit qarzlarining tasdiqlangan grafik asosida qaytarilishiga bog`liq. Shunday ekan, ma`lum maqsadlarda kredit olgan shaxslarning bu borada o`z mas`uliyatlarini oshirishi, yana kimningdir kredit resurslaridan foydalanishiga imkon yaratadi.

Ma`lumki, bank kreditlari ko`pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidar tartibda undirish to`g`risida ijro varaqasi chiqariladi", – deya ogohlantirmoqda MIB matbuot kotibi.

 

    Boshqa yangiliklar