AsosiyJamiyat

2023 yilda 54,2 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi — “Issiqlik elektr stansiyalari”

'2023 yilda 54,2 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi — “Issiqlik elektr stansiyalari”'ning rasmi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bugun O`zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi asosiy generatsiya tarmog`i hisoblanadi. Tarmoq korxonalarining yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidagi ulushi 70 foizdan ko`proqni tashkil etadi. Bu haqda jamiyat tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2023 yil davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan jami 54,2 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 1,4 mlrd.kVt.soatga ko`p bo`lib, qo`yilgan vazifa 102,6 foizga bajarildi.

2023 yilda investisiya loyihalari doirasida 622,63 mln. AQSh dollari o`zlashtirildi, bunda belgilangan reja ijrosi 100,1 foizni tashkil etdi. Investisiya dasturi doirasida yangi, zamonaviy, energotejamkor qurilmalarni joriy etish maqsadida, Tolimarjon IES AJda 1065 MVt quvvatga ega bug`-gaz qurilmasini qurishga start berildi. Toshkent IEMda64 MVt ga teng ikkita gaz turbinasi qurilmalari ishga tushirilish arafasida.

Issiqlik elektr stansiyalarini 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida jami 53 ta energo qurilmalarda ta`mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada energo qurilmalarning mavjud quvvati 209 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 483 tonna/soatga oshirilishiga erishildi. Shuningdek, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Chilonzor-5” va Shoyxontohur tumanidagi “G`arbiy-3” sonli issiqlik markazlari  qozonxonalari modernizasiya qilindi. Chilonzor tumanining“Oqtepa” va “Bog`zor” mahallalari hududida yangi, zamonaviy, energo tejamkor kogenerasiya qurilmasi barpo etildi.  Bu erda 4,6 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 2 ta gaz-porshen qurilmasi hamda 25,4 Gkall issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi 2 ta Bosch qozonlari o`rnatildi. Natijada issiqlik tarmoqlaridagi yo`qotishlar 90 foizga kamaytirilishiga, qo`shimcha yiliga 32,0 mln. kVt soatelektr energiyasi ishlab chiqarilishiga hamda 1,0 mln. kubmetr tabiiy gazni tejash imkoniyati paydo bo`ldi.

Ta`kidlanishicha, 2023 yilda jamiyatga jismoniy va yuridik shaxslartomonidan jami 126 ta murojaat kelib tushgan vaularning barchasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko`rib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar