Ayni paytda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishi davom etmoqda, deya xabar qildi Sudyalar oliy kengash matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, bo`lib o`tayotgan yig`ilish doirasida Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to`xtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.






