AsosiyJamiyat

Yunusobodda 35 mingta yuqori daromadli ish o`rni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlandi

'Yunusobodda 35 mingta yuqori daromadli ish o`rni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlandi'ning rasmi

Yig`ilishda Yunusobodda o`tkazilgan bir hafta o`rganish davomida 600 million dollar investisiya jalb qilish, 35 mingta yuqori daromadli ish o`rni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlangani qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Ushbu salohiyatni ro`yobga chiqarish uchun iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yangi yondashuv asosida aniq loyihalarni ishlab chiqish va joylashtirish vazifasi qo`yildi. 

Shahar hokimiga xorijdagi yirik shaharlarning sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal sohalaridagi ijobiy tajribasini Toshkentda joriy qilish topshirildi.

Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga to`xtalib o`tdi.

Tabiat uyg`ongan bugungi kunlarda hamma joylarda mevali va manzarali daraxtlar, gul, rayhon ko`chatlari ekish jadal ketmoqda.

Toshkent shahridagi 585 ta mahallada ham daraxt va gullar ekish, hududni obodonlashtirish, sharoiti og`ir oilalar, yolg`iz qariyalar, imkoniyati cheklangan odamlarni holidan xabar olib, ularni ko`nglini ko`tarish muhimligi ta`kidlandi.

Shu ma`noda, davlatimiz rahbari mahallalar o`rtasida tanlov o`tkazib, yil yakuni bilan eng namunali mahallaga Prezident sovg`asi sifatida elektromobil sovg`a qilish tashabbusini bildirdi.

Yig`ilish davomida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti, jamoatchilik vakillarining fikr va takliflari tinglandi.

    Boshqa yangiliklar