AsosiyJamiyat

Ijod maktablari faoliyati yanada takomillashtiriladi

'Ijod maktablari faoliyati yanada takomillashtiriladi'ning rasmi

Prezidentning “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori (PQ-147-son, 01.04.2024 y.) qabul qilindi.

 2024/2025 o`quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida:

  • ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik o`rtasida obro`-e`tibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari o`tkaziladi;
  • “Yosh tarjimonlar” klublari faoliyati yo`lga qo`yiladi;
  • “Matnshunoslik” darslari tashkil etiladi;
  • har yili 2 marotaba o`quvchilarning “Ijod bog`idan guldasta” nomli to`plamlarini nashr etish amaliyoti yo`lga qo`yiladi;
  • “Tasviriy san`at va chizmachilik” fani negizida “San`at” (ART) fani kiritiladi;
  • 7–9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari o`rgatiladi.

 2024/2025 o`quv yilidan umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida badiiy adabiyot va san`at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko`rik-tanlov o`tkaziladi.

 Har yili:

  • “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida har bir ijod maktabidan kamida ikki nafar o`quvchining ijodiy ishlar to`plami nashr etiladi;
  • an`anaviy “Zomin seminari”da har bir ijod maktabidan kamida 5 nafardan ijodkor o`quvchilarning ishtiroki ta`minlanadi.

 Har bir ijod maktabi “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jilddan iborat kitoblar majmuasi bilan  ta`minlanadi.

️Ijod maktablari oliy ta`lim muassasalari va O`zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalariga biriktiriladi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar